"Manchester Yunayted" sobiq "Chelsi" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • 26 avgust, 2023, 11:40
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" jarohat olgan Lyuk Shou o‘rniga futbolchi izlamoqda. Variantlar orasida Rayan Bertran ham bor, deya xabar berdi "Stretty News" nashri. 

34 yoshli himoyachi ayni paytda erkin agent bo‘lib turibdi. Uning so‘nggi manzili "Lester" bo‘ldi. Shuningdek, futbolchi faoliyati davomida "Chelsi", "Nottingem Forest" va "Aston Villa" kabi klublarda o‘ynagan. 

Ma’lumot uchun, Shou "Tottenxem"ga qarshi bahsdan so‘ng jarohat olgani ma’lum bo‘ldi va mavsumning ko‘p qismini o‘tkazib yuborishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!