
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi: "U yuqori darajaga chiqa oladi"
Peter Shmeyxel "Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xaylund haqida yuqori fikr bildirdi.
“U ajoyib iste’dod va katta saloxiyatga ega. Futbolchi eng yuqori darajaga chiqa oladi. Nistelroy klubga qaytdi va men u bilan biroz gaplashdim. Uning aytishicha, Rasmus juda katta salohiyatga ega.
Lekin bu faqat Rasmus haqida emas! Jamoa undan noto‘g‘ri foydalanmoqda. Shuning uchun ba’zi narsalarni tuzatish kerak. U yosh va ta’sirchan. Lekin 21 yoshdan ancha kattaga o‘xshaydi.
Uning kelajagi buyuk. Rasmus aqlli, dono va dadil. Ya’ni men yosh hujumchida ko‘rishni hohlagan fazilatlar mana shu. Forvard maydonda bosimni enga olishni uddalay olishini ko‘rsatdi.
Agar jamoa uni to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlasa, Xoylund albatta yuksak natijalarga erisha oladi", – dedi "Manchester Yunayted" va Daniya milliy terma jamoasining sobiq darvozaboni.
Fikrlar