
“Manchester Yunayted” taslim bo‘lmaydi
“Tottenxem” hujumchisi Harri Keynning bozori tobora qizib bormoqda. “Tottenxem”dan ketishga tayyor ekanini ta’kidlayotgan to‘purar “Manchester Siti” variantini tanlashga moyilligi haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Biroq, “Manchester Yunayted” ham o‘zining yozgi transferlar vaqtidagi asosiy nishonini qo‘ldan chiqarmoqchi emas. Hozirgi sharoitda ushbu jamoa rahbarlari “Tottenxem” so‘rayotgan 150 million funtni to‘lig‘icha to‘lay olmaydi. Shuning uchun ham “Manchester Yunayted” Keynning transferiga Jessi Lingardni qo‘shib bermoqchi.
Angliyalik yarim himoyachi ijara asosida “Aston Villa”ga o‘tgan yarim yildan beri 14 ta uchrashuvda to‘qqizta gol va uchta golli pas muallifi bo‘lib, transfer narxini bir necha bor oshirib oldi.
Keynga xaridor bo‘layogan superklublar orasida “Barselona” va “Chelsi” ham bor.
Fikrlar