
"Manchester Yunayted" turkiyalik darvozabonni o‘z safiga qo‘shib oldi
"Manchester Yunayted" Altay Bayindirni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman ma’lum qildi.
25 yoshli futbolchining transferi uchun "qizil iblislar" "Fenerbaxche"ga 7 million evro to‘ladi. Uning o‘zi bilan esa 2027 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzolandi.
Ma’lumot uchun, Bayindir 2019 yildan beri "Fenerbaxche" sharafini himoya qilib kelardi. Uning haridi klubga 5 million evroga tushgan.
Fikrlar