
“Manchester Yunayted” uch himoyachini kutyapti
“Manchester Yunayted” joriy mavsumda himoya chizig‘idagi muammolardan qiynalyapti. Shu bois, Erik ten Xag kelasi yozda bu pozitsiyaga yangi o‘yinchilarni olib kelmoqchi.
Kuchaytiriladigan nuqtalardan biri himoya markazi hisoblanadi. Yozgi transferlarda aynan mana shu pozitsiyaga alohida e’tibor qaratiladi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, manchesteliklar markaziy himoyachi pozitsiyasiga uchta futbolchi tanlab qo‘ydi.
Klub skautlari joriy mavsum davomida Edmond Tapsoba (“Bayer”), Jan-Kler Todibo (“Nitstsa”) hamda Antoniu Silva (“Benfika”) o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatib boradi.
Fikrlar