"Manchester Yunayted" umidini uzmayapti

  • 06.07.2023 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” Andre Onanni sotib olish uchun yana bir urinib ko‘rmoqchi.

ESPN xabariga ko‘ra, APL grandi kamerunlik posbon uchun “neradzurrilar”ga 39 million funt (deyarli 46 million evro) va bonuslarni qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

“Inter” esa darvozabonni 50 million funtga (deyarli 59 million evro) baholamoqda, biroq vaziyatdan xabardor manbalar tomonlar kelishuvga erisha olishiga umid qilmoqda.

Oldinroq milanliklar Onanani 40+5 million evroga sotishdan bosh tortgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!