"Manchester Yunayted" va "Barselona" qiziqayotgan futbolchining narxi e’lon qilindi

  • 14 iyul, 2021, 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubining markaziy himoyachi Kalidu Kulibali yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.

Tuttomercatoweb xabariga ko‘ra, neapolliklar rahbariyati senegallik futbolchining transferidan 50-60 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining “Napoli” bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar imzolangan.

Avvalroq OAV Kulibaliga "Everton", "Manchester Yunayted" va "Barcelona" jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani haqida xabar tarqatgan edi.

Ma’lumot uchun, Kulibali "Napoli" sharafini 2014 yildan beri himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, uning hozirgi transfer narxi 48 million evroga baholamoqda.

Kulibali o‘tgan mavsum A Seriyada 26 o‘yinda ishtirok etdi va sakkizta sariq kartochka olib, bir marta maydondan chetlatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!