«Manchester Yunayted» va «Liverpulm» bir futbolchini ko‘zlamoqda

  • 08.09.2026 14:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Nyukasl» tarkibida harakat qilayotgan markaziy himoyachi Malik Tiav atrofida Angliyaning ikki yetakchi klubi qiziqishi kuchaymoqda. Insayderlar ma’lumotlariga koʻra, 25 yoshli nemis futbolchisiga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» da’vogarlik qilmoqda.

 

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, har ikki klub ham kelgusi transfer oynasi oldidan Tiavning oʻyinlarini yaqinidan kuzatib bormoqda. Manbalarga koʻra, skautlar himoyachining Premyer-liga uchrashuvlaridagi harakatini batafsil tahlil qilmoqda.

Malik Tiav «Nyukasl» safiga 2025 yil avgust oyida qoʻshilgan. Uning «sorokalar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuni oxirigacha moʻljallangan. Transfer bozorida futbolchining qiymati taxminan 45 million yevro atrofida baholanmoqda.

 

Joriy mavsumda Premyer-ligada Tiav uchta uchrashuvda maydonga tushishga ulgurdi. Shu bilan birga, u himoya chizigʻidagi oʻyini bilan top-klublar skautlarining e’tiborini oʻziga qaratgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!