"Manchester Yunayted" yana bir yaxshi transferni amalga oshirish arafasida turibdi

  • 18.09.2020 23:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Portu” klubi chap qanot himoyachisi Aleks Telles faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin.

RMC Sport nashrining xabar berishicha, “qizil iblislar” 27 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishgan. Endi mankunianliklar bu borada “Portu” bilan til topishsa bas. Ma’lumotlarga ko‘ra, Portugaliya grandi Tellesning transferini 20 mln evroga baholamoqda.

Aytish lozimki, Aleksga PSJdan ham qiziqishlar mavjud. Ammo hozircha parijliklar bu borada rasmiy taklif yuborish bo‘yicha bir qarorga kelmagan.

Aleks Telles “Portu” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 2 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!