
“Manchester Yunayted” yana ikki superhujumchini oladi
“Bolonya” to‘purari Joshua Zirkzeeni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turgan “Manchester Yunayted” yana ikki nafar zo‘r hujumchi transferi bo‘yicha ish boshladi.
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar niderlandiyalik hujumchiga raqobatchi sifatida yana bir forvardni olib kelmoqchi.
Hozircha, klub mutasaddilariga “Brentford”dan Ayven Touni va “Everton”dan Dominik Kalvert-Lyuin nomzodi ma’qul kelib turibdi.
O‘tgan mavsumda sakkiz oylik diskvalifikatsiyadan qaytgan Touni 17 marotaba maydonga tushib, to‘rtta gol va ikkita assist qayd etdi. Kalvert-Lyuin esa, 32 ta uchrashuvda 7 ta gol va bir juft golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar