“Manchester Yunayted” yulduzi qiz tufayli Braziliya terma jamoasidan haydaldi
“Manchester Yunayted” futbolchisi Antoni Braziliya terma jamoasidan chetlashtirildi. Bu haqda TNT Sports BR nashri xabar berdi.
Avvalroq, Antonining sobiq sevgilisi Gabriela Kavallin futbolchini uyda zo‘ravonlik qilganlikda ayblagan edi. Biroq, braziliyalik yulduz qizning da’vosini yolg‘on ekanini ta’kidlagan.
23 yoshli Antoni “San-Paulu” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2022 yili “Manchester Yunayoted”ga Niderlandiyaning “Ayaks” jamoasidan kshchib shtgan edi. Shu kunga qadar Antoni manchesterliklar libosida 48 marotaba maydonga tushib, o‘nta gol va uchta assist muallifi bo‘ldi.
Braziliya terma jamoasi 9 sentyabr kuni 2026 yili bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish uchun saralash musobaqasidagi ishtirokini boshlaydi.

Fikrlar