"Manchester Yunayted"ga bu hujumchi kerak emas
"Manchester Yunayted" Ayven Tonini sotib olmasligini ma’lum qildi.
"Teamtalk" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, mankunyanliklar Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisini sotib olish variantidan voz kechdi. "Qizil iblislar" Benyamin Sheshkoning jarohat olganiga qaramay, boshqa forvard xarid qilishni rejalashtirmayapti. Ma’lum bo‘lishicha, klub markaziy hujum chizig‘iga Mateus Kunyani joylashtirmoqchi. Tonining "Al Ahli" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Uning narxi 25 millionga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli strayker joriy mavsumda 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar