“Manchester Yunayted”ga “Chelsi” hujumchisi kerak

  • 1 avgust, 2021, 22:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari “Chelsi” va ushbu jamoa hujumchisi Kallum Xadson-Odoi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

Tecno

Manchesterliklar bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher jamoa hujumkorligini oshirish maqsadida bu futbolchini o‘z shogirdlari qatoriga qo‘shmoqchi. Uning rejasiga ko‘ra, Kallum Manchesterga keladigan Jeydon Sancho bilan birga hujumkorlikni sezilarli darajada oshirishi kerak bo‘ladi.

“Chelsi” rahbariyati ham 20 yoshli futbolchini uzoqroq muddatga o‘zida olib qolmoqchi. Tomas Tuxel Kallumni jamoaning asosiy o‘yinchilaridan, deb biladi.

Ayni paytning bu futbolchining transferi 50 million funtdan yuqori baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!