“Manchester Yunayted”ga “Real” yulduzi kerak

  • 15 sentabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va Avstriya terma jamoasi himoyachisi David Alaba “Manchester Yunayted”ning nishoniga aylandi, deb xabar tarqatdi Todofichajes nashri.

Manbaga ko‘ra, manchesterliklar 31 yoshli universal himoyachini yanvar oyida – qishki transfer oynasi ochilishi bilan xarid qilmoqchi.

Alabaning transfer narzi kamida 40 million evroni tashkil qiladi. Uning madridliklar bilan kelishuvi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.

“Real” David Alabani 2021 yili “Bavariya”dan xarid qilgan edi. Avstriyalik futbolchi himoya chizig‘ining bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!