
"Manchester Yunayted"ning muvaffaqiyatsizliklariga qaramay "Old Trafford"ga to‘lib-toshadi
"Manchester Yunayted" klubi yangi mavsum uchun yillik abonementlarni sotuvini boshladi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yakunlangan mavsumda qayd etilgan muvaffaqiyatsiz natijalarga qaramay, "qizil iblislar" juda tez fursatlarda 52 ming abonementni sotishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, MYu ortda qolgan mavsumda APLni 6-o‘rinda yakunladi. Chempionlar ligasida esa chorak finalga qadar etib bora oldi.
Fikrlar