Manchesterdan haydalgan murabbiyga kuchli terma jamoani berishmoqchi

  • 02.07.2026 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» va «Ayaks» klublarining sobiq bosh murabbiyi Erik ten Hag Niderlandiya terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, milliy jamoa bosh murabbiyligiga yana bir nomzod sifatida «Liverpul» jamoasini oldin boshqargan Arne Slot ham ko‘rib chiqilmoqda.

1 iyul kuni Niderlandiya Futbol assotsiatsiyasi Ronald Kumandaning shartnomasi 31 iyulda yakunlanishi va u terma jamoani tark etishi haqida rasmiy ma’lum qildi.

Erik ten Hagning murabbiy sifatidagi so‘nggi ish joyi «Bayer» klubi bo‘lgan. U Leverkuzen jamoasini 2025 yilning iyulidan sentyabrigacha boshqargan. Shu qisqa muddat ichida jamoa uning qo‘l ostida uchta rasmiy o‘yin o‘tkazgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!