Manchesterlik futbolchilar bu murabbiy ularni chempion qilishiga ishonmoqda
“Manchester Yunayted” markaziy himoyachisi Leni Yoro jamoasi kelasi mavsumda Premier-liga chempionligini qo‘lga kiritishga qodir ekaniga ishonishini bildirdi.
Maykl Kerrik yanvar oyida bosh murabbiy etib tayinlangandan keyin “Manchester Yunayted” Premier-ligada o‘tkazgan 17 uchrashuvning 12 tasida g‘alaba qozondi. Bu g‘alabalar orasida “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Chelsi”ga qarshi muhim bahslar ham bor.
Shu bois Yoro va uning jamoadoshlari yangi mavsumga yuqori kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rmoqda va chempionlik uchun kurasha olishlariga ishonmoqda.
- Albatta, biz buni uddalay olamiz. Biz – “Manchester Yunayted”. Shuning uchun aynan shunday fikrlashimiz kerak. Bizda bunga yetarli salohiyat bor va shu maqsadga intilishimiz lozim.
Jamoada muhit juda yaxshi. Biz qattiq mehnat qilmoqdamiz va maydon tashqarisida ham ajoyib muhit hukm surmoqda.
Shuning uchun bu mavsumdagi maqsadimiz – har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Jamoaning maqsadi – eng kuchlisi bo‘lish. Mening shaxsiy maqsadim esa doim yaxshi o‘yin ko‘rsatish, sovrinlar yutish va yuqori darajada harakat qilish, - dedi Yoro Sky Sports nashriga.

Fikrlar