
Manchesterlik futbolchilar klub qaroridan jumbushga keldi
Mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan “Manchester Yunayted” futbolchilari yozda klub tomonidan uyushtiriladigan Osiyo turnesiga borishni istamayapti.
The Times nashri jurnalistlari klub ichidagi insayderlar orqali futbolchilar Osiyo bo‘ylab sayohatga chiqish o‘rniga o‘z oilalari davrisida hordiq chiqarishni ma’qul ko‘rmoqda.
Osiyo turnesi tijoriy sayohat hisoblanadi. “Manchester Yunayted” futbolchilari safar davomidamahalliy klublar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Manbaga ko‘ra, bu sayohat klub haznasiga 8 million funt sterling miqdorida mablag‘ keltiradi.
Bundan tashqari, futbolchilar yozda kelasi mavsumga puxta tayyorgarlanish uchun tashkil etiladigan ko‘p bosqichli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishlashi belgilangan.
Fikrlar