Manchesterliklar 100 million evrolik oʻyinchi transferi ustida ish boshladi
Tarkibni jiddiy kuchaytirish kerak
Dortmundning «Borussiya» jamoasi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliya premier-ligasining yetakchi klublari diqqat markazida qolmoqda.
TEAMtalk manbasiga tayanib yozgan Transfer News Live xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» 26 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosini qishki transfer oynasida qo‘lga kiritish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Ma’lumotlarga qaraganda, «shmellar» o‘z yulduzi uchun 90–100 million yevro atrofida to‘lov talab qilmoqda.
Transfermarkt portali Feliks Nmechaning bozor qiymatini 65 million yevro deb baholaydi. Futbolchining «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi Niko Kovach boshqaruvidagi jamoa safida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol muallifi bo‘ldi.

Izohlar (0)