Manchesterliklar 100 million funtlik transferdan voz kechdi

  • 03.01.2026 19:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasidagi mavqeini mustahkamlashga urinayotgan “Manchester Yunayted” keyingi paytda jamoa tarkibini yangi ijrochilar bilan muntazam kuchaytirib borishga urinyapti.

Xususan, Ruben Amorim anchadan beri o‘z shogirdlari orasda “Brayton”ning 22 yoshli tayanch yarim himoyachisi Karlos Balebani ko‘rishni istayotgan edi.

TEAMtalk nashrining xabar berishicha, klub rahbariyati bu transferdan voz kechishga qaror qildi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Brayton” kamerunlik futbolchini 100 million funt sterlingga (taxriban 115 million) baholamoqda. Ammo xaridor klub mutaxassislari Balebaning hozirgi o‘yini bu qadar yuqori narxni oqlamaydi, degan xulosaga kelgan.

Qayd etilishicha, “Brayton” savdo jarayonida narxni pasaytirish niyatida emas va yangi takliflarni kutishga tayyor.

Joriy mavsumda Baleba barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda ishtirok etdi, ammo samarali natija ko‘rsatgani yo‘q. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroga teng.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!