Manchesterliklar bosh murabbiylikka to‘rtta nomzod tanladi
Hozirdan harakat qilgan ma’qul
“Manchester Yunayted” bosh murabbiy Maykl Kerrik o‘rniga kamida to‘rt nafar mutaxassis nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Jamoa ketma-ket beshta uchrashuvda g‘alaba qozona olmaganiga qaramay, Kerrik hozircha klub rahbariyatining ishonchini saqlab turibdi. Rahbariyat Maykl natijalarni yaxshilashiga umid qilmoqda.
Biroq vaziyat tez o‘zgarishi mumkin. Agar futbolchilar murabbiy ko‘rsatmalarini bajar may qo‘ygan i ayon bo‘lsa, “Manchester Yunayted” kabi yirik klub bunday holatga tayyorgarliksiz qolmasligi kerak.
Italiya matbuoti “Yunayted”ni Antonio Konte bilan bog‘lashda davom etmoqda. Biroq jurnalist Fabrizio Romano o‘zining YouTube kanalida italyalik murabbiy manchesterliklar bilan kelishuvga erishgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Konte bilan bir qatorda “Yunayted” mutasaddilari “Brayton” bosh murabbiyi Fabian Hyurtseler, shuningdek, o‘tgan yozda “Nyukasl” va Germaniya terma jamoasini tark etgan Eddi Xau hamda Yulian Nagelsmann nomzodlarini ham ko‘rib chiqmoqda.
Romano klub ichida boshqa mutaxassislarning nomlari ham tilga olinayotganini qo‘shimcha qildi. Biroq “Yunayted” hozircha hech kim bilan muzokara boshlamagan, chunki rahbariyat Kerrikka vaziyatni o‘nglash uchun muhlat bergan.

Izohlar (0)