Manchesterliklar: Kelmasang, o‘rningga beshtasi bor!

  • 24.08.2026 00:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» hali ham «Nyukasl»ning chap qanot himoyachisi Lyuis Xollni ushbu pozitsiyani kuchaytirish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rib turibdi. Biroq TEAMtalk yozishicha, «qizil iblislar» 21 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun uni tarixdagi eng qimmat chap himoyachiga aylantiradigan taklif berishiga to‘g‘ri keladi. Faqat shundagina «qarğalar» uni sotish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.

Manbaning ma’lum qilishicha, mankunianlar Xoll o‘rniga bir nechta variantni ham o‘rganmoqda. 

Zaxira rejada besh nafar futbolchi -  «Rasing» (Santander) a’zosi Xorxe Salinas, «Barselona» himoyachisi Aleks Bal’de, «RB Leyptsig» futbolchisi David Raum, «Fulxem»da to‘p surayotgan Entoni Robinson va «Bornmut» himoyachisi Adrien Tryuffer bor.

Xabarda ta’kidlanishicha, «Manchester Yunayted» Lyuis Xollni sotmaslikka qat’iy qaror qilgan «Nyukasl» rahbariyatining pozitsiyasini «sinovdan o‘tkazishga» tayyor. Shu bilan birga, klubning 21 yoshli himoyachi uchun taxminan 70 million funt (82 million yevro) atrofida taklif berish ehtimoli juda past ekani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, hozircha chap qanot himoyachilari orasida transfer uchun eng yuqori to‘lov rekordi saqlanib qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!