Manchesterliklar olti futbolchini sotib, 300 million evroni qaytaradi

  • 30 may, 07:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati barbod bo‘lgan mavsumdan keyin jamoada jiddiy o‘zgarishlar qilishga kirishdi. Yozgi transferlar davrida bir necha qimmatbaho yulduzlar sotib yuboriladi va tarkib qayta shakllantiriladi.

Tecno

Fichajes saytining yozishicha, klub mutasaddilari besh nafar yulduzni sotib yuborib, g‘aznaga 300 million evro miqdorida tushum qilmoqchi. Bu mablag‘ jamoa saviyasini ko‘tara oladigan yangi ijrochilar transferiga yo‘naltiriladi.

Manchesterliklar jamoa etakchisi Brunu Fernandeshning “Al-Hilol”ga transferidan 100 million evro atrofida mablag‘ ishlab olmoqchi.

Jamoada qolish istagidan voz kechgan Alexandro Garnachoning ketishi klubga 60 million evro miqdorida pul keltirishi kutilyapti.

Manchesterda o‘zini ko‘rsata olmagan Rasmus Xoylundni oladigan klublar “Old Trafford” hisob raqamiga 60 million evro o‘tkazib berishi kerak.

Ruben Amorim ishonchini qozona olmagan Joshua Zirkzee 40, Kazemiro 10 va darvozabon Andre Onana 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!