Manchesterliklar orzusidagi futbolchi bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda

  • 23.08.2026 17:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Yunayted» «Nyukasl» tarkibida to‘p suruvchi chap qanot himoyachisi Lyuis Xoll bo‘yicha yangi taklif tayyorlamoqda. TEAMtalk nashrining yozishicha, aynan shu futbolchi mankunianliklar uchun ushbu pozitsiyadagi asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.

Xabarga ko‘ra, «Nyukasl» 21 yoshli angliyalik himoyachini sotish tarafdori emas va uning uchun bu ampluadagi futbolchilar orasida rekord summa talab qilmoqchi. Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda «Bavariya» «Real»dan Lukas Ernandesni xarid qilish uchun 79 million yevro to‘lagan edi.

Lyuis Xollning o‘zi «Old Trafford»ga ko‘chib o‘tish variantiga qiziqish bildirgani aytilmoqda. Ammo hozircha «Manchester Yunayted» uning uchun 80 million yevro yoki undan ortiq miqdorda taklif berishga tayormi yoki yo‘qligi aniq emas. Klub kamroq summa taklif qilish bilan cheklanishi ham mumkin.

Agar Xoll bo‘yicha kelishuv amalga oshmasa, «MYu» bir qator alternativ nomzodlarni ko‘rib chiqadi. Manbalarga ko‘ra, ehtimoliy variantlar qatorida «Rasing» himoyachisi Xorxe Salinas, «RB Leyptsig» futbolchisi David Raum, «Barselona»dan Alehandro Balde, «Fulxem» tarkibidagi Antoni Robinson hamda «Bornmut» himoyachisi Adrien Tryuffer nomlari tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!