Manchesterliklar qo‘shimcha 10 million funt ishlab oladi

  • 13.10.2025 07:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida o‘rtamiyona jamoaga aylanib qolayotgan “Manchester Yunayted”da qisqa fursatda katta daromad ishlab olish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Daily Mail nashrining yozishicha, agar manchesterliklar Saudiya Arabistonida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun shartnoma tuzadigan bo‘lsa, 10 million funtdan ko‘proq mablag‘ga ega bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya Arabistoni “Manchester Yunayted”, “An-Nasr” va “Al-Hilol” o‘rtasida uch tomonlama turnir tashkil qilmoqchi. Agar Ruben Amorim shogirdlari bu uchrashuvlardan bittasida g‘alaba qozonsa 5 million funt atrofida mablag‘ oladi. Unga muayyan miqdorda mukofot puli ham qo‘shiladi.

“Manchester Yunayted” Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan vaqtda turli tijoriy  hamkorliklarni yo‘lga qo‘yib, daromad olishiga imkoniyat yaratiladi.

Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” qisqa muddatga Saudiya Arabistoniga kelib, bitta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib ketishi bo‘yicha ham variantga ega ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!