Manchesterliklar “Real”ning birdaniga ikki futbolchisini olib ketadi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim klubdan ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatini tuzish barobarida ularning o‘rniga olib kelinadigan yangi ijrochilarni ham tanlashga e’tibor qaratyapti.
Evropa matbuotining yozishicha, manchesterliklar yozda tarkibni kuchaytirish uchun katta klublarda pishgan charm to‘p ustalarini olishni maqsad qilgan.
Xususan, “Manchester Yunayted” mutasaddilari joriy mavsum yakunlanganidan keyin o‘z safiga Orelen Tchuameni va Andrey Luninni qo‘shib olishga harakat qiladi. Manchesterliklar “Real”ning bu ikki o‘yinchisi jamoadagi muammoli nuqtalarni birdaniga yopa olishiga ishonmoqda.
Lunin o‘tgan yili asosiy darvozabon Tibo Kurtua jarohat olgan paytda mahoratini ko‘rsatdi. Ukrainalik posbon shundan beri boshlang‘ich tarkibda o‘ynashni orzu qiladi va ortiq zaxirada o‘tirmoqchi emas.
Orelen Tchuameni keyingi paytda ko‘p tanqidga uchrayapti. Uning o‘yin darajasi murabbiylar shtabi har doim ham qoniqtirayotgani yo‘q.
“Manchester Yunayted” o‘z rejasini amalga oshirish uchun “Real” rahbariyati bu ikkinchi o‘yinchini qo‘yib yuborishga ko‘nadigan darajada summa taklif qilishi kerakligini aytilmoqda.
Fikrlar