Manchesterliklar “Real”ning eng zo‘r futbolchisini 130 million funtga oladigan bo‘ldi

  • 17 yanvar, 2024, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” tarkibini jiddiy tarzda kuchaytirishga bel bog‘lagan. Klub anchadan beri ko‘p gol ura oladigan forvard qidiryapti.

Tecno

Metro nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar “Real”ning braziliyalik legioneri Vinisius Junior uchun 130 million funt berishga tayyor.

“Qirollik klubi” tez orada Kilian Mbappe yoki Erling Xolandni olishni rejalashtirgan. Bu ikki hujumchidan biri kelgan taqdirda Vinisius ikkinchi planga o‘tadi. Asosiy yulduz bo‘lishni istayotgan braziliyalik to‘purar bu holatda jamoadan ketishini avval ham aytib o‘tgan.

Manchesterliklar taklif qilayotgan summa “Real”ni to‘liq qoniqtiradi. Biroq bu transfer ko‘proq madridliklarning Mbappe va Xoland masalasidagi rejasining amalga oshishiga bog‘liq bo‘lib qolaveradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!