Asosiy mazmunga oʻtish

Manchesterliklar sharmanda bo‘ldi, bunaqa o‘yindan keyin odatda murabbiy haydaladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kerrik katta bosim ostida qoldi

"Manchester Yunayted" Chempionlar ligasida navbatdagi mag‘lubiyatni qayd etdi. Maykl Kerrik boshqaruvidagi jamoa safarda musobaqa debutanti "Komo"ga qarshi maydonga tushib, yirik – 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Bu o‘yindan so‘ng ingliz matbuotida, xususan, The Telegraph nashri sahifalarida klub atrofidagi vaziyat yana bir bor tanqidiy ruhda yoritildi.

Nashr jurnalisti Jeyms Daker maqolasiga "Manchesterliklar “Komo”ga qarshi o‘yinda o‘zini sharmanda qildi – bunday o‘yinlar odatda murabbiyning iste’fosi bilan tugaydi" sarlavhasi qo‘yilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Maykl Kerrik hozir katta bosim ostida qolgan. Premier-ligada jamoa jadvalning 13-pog‘onasida, Chempionlar ligasida esa 20-o‘rinda bormoqda.

"Manchester Yunayted"ning navbatdagi uchrashuvi 25 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Jamoa ushbu turda "Bornmut"ga qarshi maydonga tushadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q