Manchesterliklar superyulduz bilan kelisha olmayapti
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh yozgi transfer oynasida klubdan ketishi ehtimoli bor. Bu haqida insayder Janluidji Longali xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, klub rahbariyati haligacha portugaliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagan. Tomonlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘nggi muzokaralar ham kutilgan natijani bermagan.
Aytilishicha, bir nechta boshqa jamoalar allaqachon Fernandeshning vakili bilan bog‘langan. Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» yaqin kunlarda yarim himoyachi bilan yangi raund muzokaralarini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar