Manchesterliklar yulduziga superklub da'vogар
“Manchester Yunayted”ning keyingi yillardagi eng zo‘r futbolchisiga aylangan Brunu Fernandesh joriy mavsum yakunlangach, faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Portugaliyalik hujumkor futbolchi Bundesliganing eng qudratli klubi “Bavariya” e’tiborini jiddiy tarzda tortmoqda.
Bu haqida jurnalist Piter Xoll xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “Bavariya” 31 yoshli yarim himoyachi uchun real variant hisoblanadi. Garchi Fernandeshga anchadan beri Saudiya Arabistoni klublari jiddiy qiziqish bildirib kelayotgn bo‘lsa, o‘yinchining o‘zi faoliyatini Yevropa grandlari safida davom ettirishni ma’qul ko‘rmoqda.
Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol va 9 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar