Manchesterliklarga ikki himoyachi xizmatini taklif qilishdi
«Manchester Yunayted» joriy transfer oynasida yangi chap qanot himoyachisini olishni rejalashtirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Endilikda klub ixtiyorida ikki yangi variant paydo bo‘ldi. «RB Leyptsig» tarkibida to‘p surishga ulgurgan David Raum hamda «Rasing» jamoasining futbolchisi Xorxe Salinas nomzod sifatida «Manchester Yunayted» rahbariyatiga taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini muvaffaqiyatsiz boshladi.
Maykl Kerrik boshqaruvidagi jamoa APLning start turida safarda «Xall Siti»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar