Manchesterliklarning asosiy muammosi ochildi
Joriy chempionatni Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rinlarda yakunlash uchun kurashayotgan “Manchester Yunayted” sardori Brunu Fernandesh so‘nggi yillarda jamoaga nima yetishmayotganini aytib berdi.
Bu mavsum boshida ham manchesterliklar jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi, biroq Maykl Kerrik bosh murabbiylikka kelganidan keyin jamoa juda yaxshi formaga kirdi.
- Biz Kerrik kelganidan keyingi kabi natijalarni butun mavsum davomida ko‘rsata olamizmi? Har qanday jamoa qisqa vaqt oralig‘ida yaxshi o‘ynay oladi.
Biroq butun mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish ancha qiyin. Men Manchesterga kelganimdan beri butun mavsum davomida natijaga erishganimizni ko‘rmaganman.
Nima yetishmayapti? Barqarorlik. Chempionatda har bir ochko, har bir mayda jihat muhim, - dedi Brunu Fernandesh jurnalist Jeyson Bört bilan suhbatda.
Ayni paytda “Manchester Yunayted” musobaqa jadvalida “Arsenal” va “Manchester Sitidan keyin uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar