Manchesterliklarning sakkiz futbolchisi Chempionlar ligasi oʻyini oldidan mashgʻulotga chiqmadi
Muammo ko‘payib ketdi
«Manchester Yunayted» jamoasining sakkiz nafar futbolchisi «Komo»ga qarshi Chempionlar ligasi bahsi oldidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda ko‘rinmadi. Mirror nashri yozishicha, ular orasida Markus Reşford va Lisandro Martines ham bor.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Lisandro Martines «Lids»ga qarshi o‘yinda olgan son qismining jarohatidan hali to‘liq tiklanmagan. Markus Reşford ham huddi shu hududdagi noxushliklar sabab mashg‘ulotda qatnashmadi.
Shuningdek, jamoa mashg‘ulotini Leni Yoro, Eyden Heven, Kobbi Maynu va Lyuk Shou ham o‘tkazib yubordi. Leni Yoro baribir «Atletiko»ga qarshi o‘yinda olgan qizil kartochkasi tufayli «Komo»ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi. Fransiyalik futbolchi hozircha alohida dastur asosida shug‘ullanmoqda. Bundan tashqari, Benjamin Sheshko va Patrik Dorgu hamon zahirada qolmoqda: Sheshko oyoq qovurg‘asi jarohatidan, Dorgu esa terma jamoa safidagi o‘yinda olgan, taxminiy ravishda tiz orti paylari bilan bog‘liq jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonida.
Qator futbolchilarning maydonga tushish-tushmasligi borasida yakuniy qaror jamoaning Italiyaga safaridan oldin qabul qilinadi.

Izohlar (0)