
Manchesterning Ronaldudan keyin ham muammosi ko‘p
Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Gari Nevill jamoa Krishtianu Ronalduni haydagani bilan asosiy muammolardan qutilmaganini ma’lum qildi.
- “Manchester Yunayted”ning boshqa muammolari ham bor. Xususan, himoya chizig‘ida katta nuqsonlarni bartaraf etish kerak.
Martinesga o‘zining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsatish uchun hali ancha vaqt kerakdek ko‘rinmoqda. Varan jarohatidan keyin hali to‘liq tayyor emas. Agar Maguayr o‘ynay olmay qolsa, ahvol bundan ham og‘irlashadi, - dedi Gari Nevill.
“Manchester Yunayted” Qatardagi jahon chempionati vaqtida Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilgan edi.
Fikrlar