Asosiy mazmunga oʻtish

Manchini Balotelli uchun Italiya terma jamoasi eshiklarini yopdi!

Unga terma jamoada joy yo‘q.

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Shveytsariyaning “Sion” klubida to‘p surayotgan hujumchi Mario Balotellining terma jamoaga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

“Balotellining Italiya terma jamoasidagi sahifasi yopilganmi? Huddi shunday ", - deya Manchinining so‘zlaridan iqtibos keltirdi Tuttosport.

Ma’lumot uchun, Balotelli so‘nggi bor Italiya terma jamoasi safida 2018 yilda o‘ynagan. 32 yoshli hujumchi joriy mavsum “Sion” tarkibida jami 16 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan.

Marioning “Sion” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q