Manchini Italiya terma jamoasining maqsadi nimaligini aytdi

  • 19 may, 2018, 16:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan bir necha kun oldin Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga o‘tirgan Roberto Manchini jamoasining maqsadi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

“Ushbu lavozimni egallaganimdan judayam faxrlanaman. Milliy terma jamoani boshqarish – murabbiylikning eng cho‘qqisi deb bilaman.

Afsuski futbolda omadsizlik va salbiy natijalar doimo yonma-yon yuradi. Endi biz qanday qilib bo‘lmasin terma jamoani o‘ziga munosib o‘ringa qaytarish yo‘llarini qidirishimiz lozim. Italiya har doim dunyoning eng kuchli terma jamoalari qatorida e’tirof etilib kelingan. Shunday ekan biz yana ushbu nomni qaytarish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Bizning maqsadimiz huddi avvalgidek – Evropa va Jahon chempionatida g‘olib chiqa oladigan terma jamoani tezroq oyoqqa turgazish. Boshqa maqsad yo‘q”, - deydi Manchini.

Eslatib o‘tamiz, Italiya JCh-2018 saralashidan o‘ta olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!