Mane ham Suaresni ortda qoldirdi

  • 29 yanvar, 2021, 10:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Sadio Mane kecha APLning 20-turidan o‘rin olgan "Tottenxem"ga (3:1) qarshi o‘yinda jamoasining 3-goliga mualliflik qildi.

Tecno

E’tiborlisi, shu tariqa senegallik futbolchi klub tarixida APLda eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida Luis Suaresni (69) ortda qoldirdi va kuchli beshlikka kirib oldi.

Hozirda Manedan oldinda Robbi Fauler (128), Stiven Jerrard (120), Maykl Ouen (118) va Muhammad Saloh (86) bormoqda.

Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” 37 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!