
Mane yakkalanib qoldi
"Bavariya" hujumchisi Sadio Manening jamoadoshi Leroy Sane bilan janjaldan so‘ng ishlari yaxshi emas. Chempionlar ligasida "Manchester Siti"dan mag‘lub bo‘lgach, senegallik hujumchi Sanening yuziga zarba bergandi.
Shundan so‘ng Manening jamoa bilan munosabatlari yomonlashdi. Hozirda Sadio bilan faqat vatandoshi Buna Sarr bilan aloqada.
Myunxen klubi kelasi yozda 31 yoshli futbolchini sotishni rejalashtirmoqda. Avvalroq, Mane sobiq klubi "Liverpul"ga qaytishi haqvida xabarlar e’lon qilingandi.
Afrikalik futbolchi joriy mavsum Bundesligada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar