Maneni APLga qaytaradigan klub topildi
"Chelsi" "Bavariya" vingeri Sado Mane xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Bild" nashri jurnalisti Kristian Falk xabar tarqatdi.
Myunxen klubi Mane uchun xaridor qidirmoqda. Avvalroq, "qizillar" futbolchini Osimxenga almashtirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi, lekin bu haqiqatdan ancha yirok ko‘rinadi. Sababi, "Napoli" Sadoning maoshini to‘lay olmaydi. Senegallik o‘yinchi "Bavariya"da 12 million evro ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz, Mane o‘tgan yozda "Liverpul"dan nemis klubiga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar