
“Milan” oladigan besh futbolchi nomi oshkor bo‘ldi
Ralf Ragnik “Milan” bosh murabbiyligini qabul qilishi bilan transferlar bozorida faollik ko‘rsatmoqchi.
Germaniyalik tajribali mutaxassis “Milan” xo‘jayini Pol Singer va ijrochi direktr Ivan Gazidis bilan birga beshta futbolchini tanladi. Unga ko‘ra, milanliklar yozda “Fiorentina” himoyachisi Nikola Milenkovich, PSV futbolchisi Denzel Dumfris, “Benfika” yarim himoyachisi Florentino Luish, “Zaltsburg” xavbeki Dominik Sobosla, “Real” forvardi Luka Yovichni transfer qilishga bel bog‘lagan.
Shuningdek, Ragnik jamoa boshqaruvida unga Aredo Brayda va Daniele Bonera yordam berishini ma’lum qildi.
Fikrlar