Marat Bekmuratov: "Edil Esengulov hamisha jangga tayyor!"
Yurtimiz MMA olamining muxlislariga anchagina yaxshi tanish bo‘lgan, qirg‘izistonlik Edil Esengulovning hamyurtimiz iste’dodli jangchi Abduqodir Abduvorisov bilan jangi haqida habarlar paydo bo‘ldi. Bu jang haqiqatdan yaqin orada bo‘ladimi yoki Esengulovning boshqa rejalari mavjudmi, bu borada uning menejeri Marat Bekmuratov bilan bog‘landik.
- Albatta, Abduqodir yosh va mahoratli sportchi hisoblanadi. Agar, bu jang bo‘lsa, juda qiziqarli bo‘lar edi. Ha, ularning ikkisi o‘rtasidagi to‘qnashuv haqida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p gap-so‘z bo‘lmoqda. Edil ushbu jangga tayyorligini va gonorar miqdorini aytdi. Men Abduqodirning murabbiyini telefon nomerini Qozog‘istonning "Mergan" promousheni rahbariga berdim.Chunki, biz 10 sentyabr kuni jang o‘tkazishimiz kerak edi. Biroq, Abduqodir 10 sentyabrga tayyor emasligini aytishdi va 17 sentyabr kuni Farg‘onada tashkil etiluvchi "Open FC" hamda "ATF Championship"ning hamkorligida o‘tkazadigan jang kechasida oktagonga ko‘tarilishini ma’lum qildi. Biz ushbu jang kechasida braziliyalik sportchiga qarshi oktagonga ko‘tarilishimiz kerak. Chunki, u bilan muzokarani 2 oy avval boshlagandik.
Albatta, bu to‘qnashuv bo‘lishi mumkin. Biroq, aniq sanasi haida biror bir ma’lumot bera olmayman. Ammo, shuni aytishim mumkinki, Edil ushbu jangga istalgan vaqt tayyor!

Fikrlar