Marat Bikmaev diskvalifikatsiya tufayli "Lokomotiv"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

1-tur doirasidan o‘rin olgan o‘yinlarni 2 nafar futbolchi o‘tgan mavsumdagi diskvalifikatsiya sabab o‘tkazib yuboradi. Bular – “Paxtakor” safiga ko‘chib o‘tgan Marat Bikmaev hamda o‘tgan mavsumda “Metallurg” yoshlar tarkibi safida o‘ynagan Xudoyshukur Sattorovlardir. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Superliga-2018 mavsumi 31-tur uchrashuvlari doirasidagi “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi vaqtida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Marat Bikmaev tomonidan odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirilgan edi. Natijada futbolchi 2 ta rasmiy o‘yinga chetlatgan edi. Bikmaev Superliga-2018 32-turini o‘tkazib yuborgandi. Futbolchi 2019 yilgi mavsum hisobidan ham dastlabki o‘yinni o‘tkazib yuboradi. 

Qolaversa, Yoshlar birinchiligi-2018 32-turi doirasida “Buxoro” – “Metallurg” o‘yinida tajovuzkor xatti-harakati sababli maydondan chetlatilgan va natijada 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan “Metallurg” a’zosi Xudoyshukur Sattorov dastlabki 3 ta tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!