
Marat Bikmaev faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishini bilasizmi?
1 yanvar kuni 36 yoshini qarshilagan tajribali hujumchi Marat Bikmaev yangi mavsumni boshqa klubda davom ettirishi oldindan ma’lum edi. Boisi, uning “Lokomotiv” bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgani sababli ushbu klubni tark etgani haqida ilgari xabar berib o‘tgandik.
O‘tgan vaqt mobaynida Bikmaevga bir qancha takliflar kelib tushdi. Sports.uz muxbiriga ma’lum bo‘lishicha, yakunda u Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini tanladi. Bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoev futbolchiga katta ishonch bilan qarayapti. Tomonlar deyarli kelishuvga erishishgan, faqat shartnomaga imzo chekish qolgan xolos. Marat yangi jamoasiga qo‘shilishga ham ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Bikmaev Superligada “Loko”ning 11 ta o‘yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Shuningdek, Kubok bahslarida 2 ta uchrashuvda qatnashib, 1 ta golga mualliflik qildi.
Fikrlar