Marat Bikmaevning gollari "Dinamo"ni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

  • 27 iyul, 2022, 21:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga ikkinchi davrasi oldidan «Dinamo» Toshkentdagi yig‘in doirasida Tojikistonning «Istaravshon» klubiga qarshi nazorat bahsida maydonga tushdi.

Bahs o‘rtoqlik maqomida bo‘lsa-da, shiddatli tus oldi. Hisob No‘’mon Hasanov murabbiyligidagi o‘ratepaliklar tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa bosh hakam Shavkat Nasibullaev "Dinamo" a’zosi Shohmalik Komilovni maydondan chetlatdi. Kamchilikda qolganiga qaramay, samarqandliklar Marat Bikmaevning dubli evaziga hisobni tenglashtirishdi – 2:2.

O‘rtoqlik o‘yini. Toshkent


«Dinamo» - «Istaravshon» (Tojikiston) – 2:2

Gollar: Marat Bikmaev 69, 75 – Jafar Ismoilov 12, Otabek Karimov 35.

«Dinamo»: 12. Miloe Prekovich, 31.Saydullo Rahmatov, 6.Ibrohim Yo‘ldoshov, 15.Jo‘rabek Mannonov, 88. Evgeniy Chumak, 4. Erkin Boydullaev, 30. Jasur Umarov, 70. Oybek Nurmatov, 77. Shohrux Mahmudhojiev, 10. Shohmalik Komilov, 17. Marat Bikmaev.

Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Sharipov, To‘lqin Ergashev, Bobur Madaminov, Shokir Yo‘ldoshev.

Chetlatish: Shohmalik Komilov, 52.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Verizon New
27/07/2022 21:24
Молодец Бикмаев! 2 тайм ту́лик у́йнабди ва 2 та гол урибди