
Marchelo Lippi qaytishni xohlayapti
Italiya terma jamoasi bilan 2006 yilgi jahon chempionatida bosh murabbiy sifatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Marchelo Lippi jamoa boshqaruviga qaytish niyati borligini oshkor qildi.
"Men klublar bilan boshqa ishlamoqchi emasman. Ehtimol, bir necha oylardan so‘ng, men uyda o‘tirishni istamasligimni tushunib etgach va terma jamoa mendan unchalik uzoqda emasligini anglaganimda qaytishim mumkin.
Ammo umid qilamanki, virus odamlarni o‘ldirishni to‘xtatadi va shundan keyin, bu haqda o‘ylab ko‘rish mumkin," - dedi Lippi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Italiya terma jamoasini Roberto Manchini boshqarmoqda.
Fikrlar