
Mareska: "Agar mavsumni top-5da yakunlasak va Konferentsiyalar ligasini yutsak – bu ajoyib natija bo‘ladi"
'Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning mavsumdagi maqsadlari haqida bayonot berdi.
— Birinchi kundan boshlab klub menga qo‘ygan maqsad aniq edi: ikki yil ichida Chempionlar ligasida ishtirok etish. Tushunarlimi? Bu – birinchi kundan aytilib kelinyapti. Ammo agar siz mart oyiga kelib, butun mavsum davomida TOP-4 yoki TOP-5da bo‘lsangiz, tabiiyki, maqsad mavsumni Chempionlar ligasi yo‘llanmasi bilan yakunlashga aylanadi.
Maqsadning o‘zgarishi sababi shundaki, mart oyida – xalqaro tanaffus vaqtida – biz turnir jadvalining yuqori qismida edik. Shuning uchun maqsadning TOP-4 yoki TOP-5ga kirishga aylanishi mantiqiy.
Nima o‘zgardi? Biz jadvalning yuqori qismida turdik va maqsad avtomatik ravishda kuchli beshlikda mavsumni yakunlashga aylandi. Men bir necha bor aytdim: biz yaxshi mavsum o‘tkazyapmiz va agar TOP-5da yakunlasak hamda Konferentsiyalar ligasini yutsak – u holda mavsum a’lo darajada o‘tadi.
— "Chelsi" uchun chempionlikka da’vogar bo‘lish maqsad emasmi? — degan savolga esa Mareska shunday javob berdi:
— Oxirgi ikki mavsumda jamoa 12 - va 6 - o‘rinlarni egallagan. Gap 10-15 yil avvalgi natijalar haqida ketayotgani yo‘q, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi "aristokratlar" murabbiyi.
Fikrlar