Mareska: "Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz, ammo hali ko‘p narsani yaxshilash mumkin"

  • 9 noyabr, 14:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska Angliya Premer-ligasining 11-turida "Vulverxempton" ustidan (3:0) qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Biz yaxshi o‘ynadik. Menimcha, birinchi va ikkinchi bo‘lim o‘rtasidagi yagona farq shundaki, ikkinchi bo‘limda biz gol urdik, birinchi bo‘limda esa shunday imkoniyatlardan foydalana olmadik".

Alexandro Garnacho haqida

"U juda yaxshi o‘ynadi. Nafaqat to‘p bilan, balki undan tashqarida ham faol bo‘ldi, ayniqsa pressingda. Biz vingerlarimizdan aynan shunday o‘yinni kutib qolamiz.
Garnacho yaxshi o‘ynayapti, Pedru Netu yaxshi o‘ynayapti, Estevao ham yaxshi. Bizga barchasining yuqori darajada o‘ynashi kerak".

Rotatsiya haqida

"Bu meni ishimning bir qismi, o‘yinning ham bir qismi. Oxir-oqibat bu biznes — agar sen yutqazsang, muammolar paydo bo‘ladi, lekin g‘alaba qozonsang, hammasi joyiga tushadi".

Malo Gyustoning goli haqida

"Nihoyat... O‘tgan mavsumda Mark Kukurelya qanot himoyachisi sifatida turli gollar urgan edi. Gyusto ko‘p marta shunday vaziyatga yaqin kelgan, ammo bu safar u hisobni ochgan juda muhim golni kiritdi".

Jamoaning rivojlanishi haqida

"Bizda tashqi bosim ko‘paydi, lekin klub sifatida ham, jamoa sifatida ham to‘g‘ri yo‘nalishda borayotganimizga ishonchimiz komil. Bir vaqtning o‘zida, hali ko‘p jihatni yaxshilash mumkin", – dedi Entso Mareska.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!