Mareska “Chelsi”dan nega 14 million funt kompensatsiya olmagani sababi oshkor bo‘ldi

  • 04.01.2026 16:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2026 yilning birinchi isteʼfosi “Chelsi”da roʻy berdi va klub rahbariyati yo yanvar kuni italyalik bosh murabbiy Enco Mareska bilan hamkorlik toʻxtatilganini rasmiy eʼlon qildi.

Amaldagi shartnoma bir tomonlama bekor qilingani bois “Chelsi” ishdan boʻlatilgan Enco Mareskaga 14 million funt sterling (16,1 mln yevro) miqdorida kompensatsiya toʻlanishi kerak edi. Italyalik mutaxassis bilan shartnoma 2029 yil yarmigacha tuzilgan va uni uzaytirish imkoniyati ham mavjud boʻlgan.

The Sun xabariga koʻra, 45 yoshli murabbiy klub rahbariyati uning obroʻsiga putur yetkazganidan qattiq gʻazablangan va shartnomani bekor qilish shartlarini muhokama qilishni istamagan.

Shuningdek, Mareska futbolchilar sogʻligini xavf ostiga qoʻyib, shifokorlar taqiqlaganiga qaramay, ularni oʻynashga majbur qiladi, degan gumonlardan ham juda norozi boʻlgan.

Bundan tashqari, italyalik murabbiyning jamoaning asosiy tarkibi va almashinuvlar masalasida ham rahbariyat bilan kelishmovchiliklari boʻlgan.

Mareska “Chelsi” bosh murabbiyi lavozimida 2024 yil yozidan buyon ishlab kelgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!