Mareska "Siti" qanday g‘alaba qo‘zonganini tushuntirib berdi
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska Liga chempionlari guruh bosqichi birinchi turida «Portu» ustidan qozonilgan g‘alabani sharhladi. Portugaliyada o‘tgan uchrashuvda angliyalik jamoa 2:0 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlarning har ikki golini Erling Xoland kiritdi. Abduqodir Husanov ikkinchi bo‘limning boshida maydonga tushdi va bu gal chap qanot himoyasida o‘ynadi.
Mareskaning ta’kidlashicha, «Manchester Siti» bu g‘alabaga to‘liq haqli edi. U jamoasining o‘yinidan mamnunligini bildirdi.
«Ham birinchi, ham ikkinchi bo‘limda g‘alaba qozonish uchun yetarlicha vaziyat yaratdik. O‘ylaymanki, bu natijaga munosib edik. Raqibga deyarli hech qanday imkoniyat bermadik, shu bois jamoamiz o‘yinidan mamnunman. Ayniqsa, shu stadionda bunday o‘ynash oson emas», — deya Mareskaning so‘zlarini UEFAning rasmiy sayti keltiradi.

Fikrlar