Margarita Gasparyan Gollandiyadagi yurishini boshladi

Rossiyalik Margarita Gasparyan Xertogenbos shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro turnirni g‘alaba bilan boshladi.

Margarita musobaqaning birinchi davrasida slovakiyalik Viktoriya Kuzmovani 2:6, 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa "Libema Open"ning ikkinchi davrasida Gasparyan germaniyalik Mona Bartel, yoki belgiyalik Greete Minnenga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!